“ZAMIN CREATIVE” INKLYUZIV IJODIY STUDIYASIGA QABUL BOSHLANDI!

Zamin xalqaro jamoat fondi va Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Toshkent shahrida "Zamin Creative" inklyuziv ijodiy studiyasi ochildi. 

"Zamin Creative" -  san'at sohasiga qiziqqan yoshlarning salohiyatini rivojlantirishga mo'ljallangan inklyuziv ijodiy ta’lim muhitidir. 

"Zamin Creative" ta’lim dasturidan ko'zlangan maqsad:
yoshlarda aktyorlik mahorati, 
fashion design
mediasavodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish va
 ularni ijodiy OTMlarga tayyorlashdan iborat.

 16 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar tanlov asosida "Zamin Creative" studiyasining ilk ishtirokchilari bo‘lish imkoniyatiga ega. 

Talabgorlar joriy yilning 4-apreliga qadar  https://zamineducation.uz/zamin-creative havolasi orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Hozirda 101-, 102- va 106-son eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilari tanlovda o’z ijodiy ishlari bilan qatnashishmoqda.