“Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati”

Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun “Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. 

Seminarni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi hamda yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab direktorlariga muvaffaqiyatlar tiladi. 

Seminarda "Maktab-internatlarining faoliyatini tashkil etish”, “Boshqaruv ilmi”, “Baholash tizimi” kabi mavzularda bo‘lib o‘tmoqda. 

Shu bilan birga “Elektron jurnalning yuritilishi” va meʼyoriy hujjatlar yuritilishi to‘g‘risida ham tushunchalar beriladi. 

Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.