#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#erishilgan_yutuqlar
📈 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI
📆 Joriy yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini (https://t.me/muimiuz) 38 nafar o'quvchi bitirdi.
🏅O‘quvchilar Xalqaro olimpiadalarda 1 ta oltin, 6 ta bronza medallari sohibi bo‘lishdi:
✔️ Xalqaro “International Calculus Olympiad-2022” olimpiadasida oliy matematika yo‘nalishida Jaloliddin Boymaxammadov – oltin medalini qo‘lga kiritdi.
✔️ Belarus Respublikasida onlayn o'tkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida Javohir Sultanov, Jaloliddin Boymaxammadov Abdulloh Mamniyazov – bronza medallari sohibi bo‘lishdi.
✔️Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida Javohir Sultonov – bronza medalni qo’lga kiritdi.
✔️ 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar Xalqaro olimpiadasida Abdulmalik Xoltemirov – bronza medali sohibi bo'ldi.
✅ Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan оlimpiadada, Umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy olimpiada hamda al- Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasida maktab o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egallashdi.
🏛 14 nafar bitiruvchi Xalqaro universitetlarning jami 7.009.600 AQSH dollari miqdoridagi grantlar sohibi bo'ldi.
✅ Bitiruvchilarining 33 nafari IELTS sertifikatiga ega.
✔️ 7 nafar o'quvchilar SAT (tanqidiy o‘qish, matematika va yozish) bo'yicha sertifikatini qo'lga kiritdi.
📊 Kamoldinov Akbarjon hamda Izbayev Bexruzbeklar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti bo‘lishdi.