AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 
#erishilgan_yutuqlar

📈  AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

 📆 Joriy yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini (https://t.me/muimiuz) 38 nafar o'quvchi bitirdi. 

🏅O‘quvchilar Xalqaro olimpiadalarda 1 ta oltin, 6 ta bronza medallari sohibi bo‘lishdi:

✔️ Xalqaro “International Calculus Olympiad-2022” olimpiadasida oliy matematika yo‘nalishida Jaloliddin Boymaxammadov – oltin medalini qo‘lga kiritdi.
✔️ Belarus Respublikasida onlayn o'tkazilgan Xalqaro fizika  olimpiadasida Javohir Sultanov, Jaloliddin Boymaxammadov  Abdulloh Mamniyazov – bronza medallari sohibi bo‘lishdi. 
✔️Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida Javohir Sultonov – bronza medalni qo’lga kiritdi.
✔️ 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar Xalqaro olimpiadasida Abdulmalik Xoltemirov – bronza medali sohibi bo'ldi. 

✅ Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan оlimpiadada, Umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy olimpiada hamda al- Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasida maktab o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egallashdi. 

🏛  14 nafar bitiruvchi Xalqaro universitetlarning jami 7.009.600 AQSH dollari miqdoridagi grantlar sohibi bo'ldi. 

✅  Bitiruvchilarining 33 nafari IELTS sertifikatiga ega. 

✔️  7 nafar o'quvchilar SAT (tanqidiy o‘qish, matematika va yozish) bo'yicha sertifikatini qo'lga kiritdi.

 📊 Kamoldinov Akbarjon hamda Izbayev Bexruzbeklar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti bo‘lishdi.