#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o’quvchisi, O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Javohir Sultonov 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur olimpiadada 91 ta mamlakatdan jami 400 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.
Ushbu medal Xalqaro fizika olimpiadasida(IPHO) qo’lga kiritilgan O’zbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi.
❗️Terma jamoamiz a’zolari mazkur nufuzli musobaqada 2015-yildan buyon ishtirok etib kelishmoqda va hozirga qadar jami 3 ta bronza medalni (2018, 2021, 2023) qo‘lga kiritishgan.
Javohirni g‘alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!