Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o’quvchisi, O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Javohir Sultonov 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 

⚡️Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o’quvchisi, O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Javohir Sultonov 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 Ma’lumot uchun, joriy yilning 10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio  shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur olimpiadada 91 ta mamlakatdan jami 400 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. 

Ushbu medal Xalqaro fizika olimpiadasida(IPHO) qo’lga kiritilgan O’zbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi. 

❗️Terma jamoamiz a’zolari mazkur nufuzli musobaqada 2015-yildan buyon ishtirok etib kelishmoqda va hozirga qadar jami 3 ta bronza medalni (2018, 2021, 2023) qo‘lga kiritishgan.

 Javohirni g‘alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!