#imtihon_2023
#ijod_maktablari
🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
❗️Ijod maktablarining 3-bosqich imtihonlari 30-iyul kuni soat 08:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.
⏳ Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi.
📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
✅Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.
❌Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.
🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.