AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

#imtihon_2023
#ijod_maktablari

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

 ❗️Ijod maktablarining 3-bosqich imtihonlari 30-iyul kuni soat 08:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

✔️  Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.

⏳ Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi. 

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

✅Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak. 

❌Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.