Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari vakillari "Maktablarda iqlim o'zgarishi bo'yicha ta'limi strategiyalari" (Climate Change Education Strategies Primary schools and High schools) mavzusidagi xalqaro seminarida ishtirok etishmoqda.
❗️Mazkur tadbir MASHAV ta'lim trening markazi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, Isroil davlatining Tel-Aviv shahrida bo'lib o'tmoqda.
Seminar-treninglar doirasida:
▶️ Isroil ta'lim tizimi bilan tanishish,
▶️ hududga oid iqlim muommolarini o'rganish va
▶️ xalqaro tajribaga ega trenerlar tomonidan tashkil etilgan mahorat darslarida ishtirok etish rejalashtirilgan.
📆 Xalqaro seminar 23-sentabrga qadar davom etadi.