"Maktablarda iqlim o'zgarishi bo'yicha ta'limi strategiyalari" mavzusidagi xalqaro seminarida ishtirok etishmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari vakillari "Maktablarda iqlim o'zgarishi bo'yicha ta'limi strategiyalari" (Climate Change Education Strategies Primary schools and High schools) mavzusidagi xalqaro seminarida ishtirok etishmoqda. 

❗️Mazkur tadbir MASHAV ta'lim trening markazi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, Isroil davlatining Tel-Aviv shahrida bo'lib o'tmoqda.

Seminar-treninglar doirasida:

▶️ Isroil ta'lim tizimi bilan tanishish, 
▶️ hududga oid iqlim muommolarini o'rganish va 
▶️ xalqaro tajribaga ega trenerlar tomonidan tashkil etilgan mahorat darslarida ishtirok etish rejalashtirilgan.

📆 Xalqaro seminar 23-sentabrga qadar davom etadi.