Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan seminar-trening tashkil etilmoqda.
24-26-mart kunlari ingliz tili oʻqituvchilari uchun xalqaro seminar-trening boʻlib oʻtadi.
Ushbu seminar Nottingham Trent Universitetining professorlari tomonidan oʻtkaziladi.
3 kunlik seminar-treningda oʻqituvchilar ingliz tilini oʻqitish boʻyicha asosiy gʻoyalar va yondashuvlar bilan faol ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Bu seminar uch bosqichli loyihaning birinchi bosqichidir.
Seminar-treningning keyingi bosqichlarida umumtaʼlim maktablarining ingliz tili oʻqituvchilari ham ishtirok etishi mumkin boʻladi.