Nottingham Trent Universiteti professorlari o'qituvchilar uchun trening o'tkazadi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan seminar-trening tashkil etilmoqda. 

24-26-mart kunlari ingliz tili oʻqituvchilari uchun xalqaro seminar-trening boʻlib oʻtadi. 

Ushbu seminar Nottingham Trent Universitetining professorlari tomonidan oʻtkaziladi. 

3 kunlik seminar-treningda oʻqituvchilar ingliz tilini oʻqitish boʻyicha asosiy gʻoyalar va yondashuvlar bilan faol ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. 

Bu seminar uch bosqichli loyihaning birinchi bosqichidir.

Seminar-treningning keyingi bosqichlarida umumtaʼlim maktablarining ingliz tili oʻqituvchilari ham ishtirok etishi mumkin boʻladi.