#qabul_2023
📆 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga apellatsiya arizalari 18-avgust kuni soat 19:00 ga qadar qabul qilinadi (https://t.me/piimauz/11526).
📬 Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, qabul qilingan arizalar Agentlik tomonidan murojaatchi istiqomat qiladigan hududdagi Prezident maktablariga yetkaziladi.
📲Arizalar hududlardagi Prezident maktablarida tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha rasmiy xulosa 10 kun muddatda ariza muallifiga telefon orqali xabar beriladi.
🗂 Murojaatchi berilgan rasmiy xulosadan qanoatlanmagan taqdirda, oʻquv yili boshlangunga qadar Prezident maktablariga borib Ishchi guruhidan qoʻshimcha maʼlumot olishi mumkin.