Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga apellatsiya arizalari 18-avgust kuni soat 19:00 ga qadar qabul qilinadi

#qabul_2023

📆 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga apellatsiya arizalari 18-avgust kuni soat 19:00 ga qadar qabul qilinadi (https://t.me/piimauz/11526). 

📬 Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, qabul qilingan arizalar Agentlik tomonidan murojaatchi istiqomat qiladigan hududdagi Prezident maktablariga yetkaziladi. 

📲Arizalar hududlardagi Prezident maktablarida tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha rasmiy xulosa 10 kun muddatda ariza muallifiga telefon orqali xabar beriladi. 

🗂 Murojaatchi berilgan rasmiy xulosadan qanoatlanmagan taqdirda, oʻquv yili boshlangunga qadar Prezident maktablariga borib Ishchi guruhidan qoʻshimcha maʼlumot olishi mumkin.