"Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo'lib, “Zamin Creative” studiyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Mazkur studiya Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab negizida tashkil etilgan bo'lib,  uchta yo‘nalish - teatr san’ati, fashion design (kiyim dizayni) va mediasavodxonlikka ixtisoslashgan.

Shuningdek, studiyaning yangi o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy ishlarini namoyish qilish, to‘plangan tajriba va o‘qishdan olingan taassurotlar bilan bo‘lishish maqsadida Toshkentdagi “Zamin Creative” studiyasi o‘quvchilari ham ijod maktabiga kelishdi.

✔️“Zamin Creative” ijod studiyalari yil yakuniga qadar Namangan, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida ham ochilishi rejalashtirilgan.