Prezident maktablari o‘quvchilari Oliy Majlis Senatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'lim muassasalari agentligi va Oliy Majlis Senati tomonidan Senatning yangi binosida Prezident maktablari bitiruvchilari va senatorlar uchrashuvi tashkil etildi. 

Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullaev, Agentlik direktori  Hilola Umarova, Prezidenti maktabining Nukus, Xiva,  Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablaridan 92 nafar bitiruvchi o‘quvchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yirik o‘zshgarishlar, parlament ish faoliyati, xususan, Senat va senatorlar ish kuni, yalpi majlislar zalida qonunlar muhokamasi bilan tanishdi.

Ta'kidlanganidek, ayni paytda Respublikamizdagi 4 ta Prezident maktablari 2022 yilda o‘zining navbatdagi bitiruvchilarini katta hayotga kuzatmoqda.  

Joriy yilda, Toshkent shahridagi Prezident maktabi 24 nafar, Xiva shahridagi Prezident maktabi 24 nafar, Namangan shahridagi Prezident maktabi 22 nafar va Nukus shahridagi Prezident maktabi 22 nafar bitiruvchiga oq yo‘l tiladi. 

Hozirda  65% dan ziyod Prezident maktabi  bitiruvchilari Yangi O‘zbekiston universitetida o‘qish taklifini bildirdi. Shuningdek o‘quvchilar orasida “El-yurt umidi jamg‘armasi’’ tanlovida g‘olib bo‘lganlar ham bor. 

Undan tashqari, bitiruvchilarimiz xorijiy Top mingtalikka kiruvchi Arizona universiteti, Miami universiteti, Bristol universiteti, Kaliforniya kabi 100 dan ziyod mahalliy va xorijning eng nufuzli xorijiy oliy o‘quv muassasalaridan ta'lim olish uchun takliflar qo‘lga kiritishdi.

Jumladan, 2021-2022–yil Prezident maktablari bitiruvchilari horijiy universitetlardan jami 27 million dollardan ziyod to‘lik grantni ko‘lga kiritishgan.
O‘quvchilar uchun ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha individual maslahatlar berish, ularga dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari haqida ma'lumotlar berish hamda mazkur oliygohlarga hujjat topshirish va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berish bugungi kun zamonaviy ta'limining eng muhim jihatlaridan biri ekanligini inobatga olgan holda Agentlik tasarrufidagi barcha Prezident maktablarida School consellor faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamkorligida IELTS va SAT tayyorlov kurslari tashkil etilgan. Shunga ko‘ra, bitiruvchilar IELTS bo‘yicha yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi. Toshkent, Xiva, Nukus va Namangan shahridagi Prezident maktablaridagi 92 nafar bitiruvchilarning barchasi IELTS certifikatini qo‘lga kiritishgan. Xuddi shunday SAT certifikatini qo‘lga kiritganlar soni 48 nafarni tashkil etadi.  

Ma’lumot o‘rnida, Prezident maktablarining bitiruvchilarini munosib kuzatish maqsadida  tashkil etilgan maxsus tadbirning ilk kuni ya'ni joriy yilning 18 iyun' bitiruvchilar uchun Yangi O‘zbekiston bog‘iga  sayoxat qilishgan. 
19 iyun' kuni esa bitiruvchilar uchun Agentlik tizimidagi Yangi O‘zbekiston universiteti o‘quv binosi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Shundan so‘ng, Yozuvchilar uyushmasi muzeyida bo‘lishdi va atoqli adiblar hayoti hamda ular yaratggan asarlar bilan tanishishdi.